O‘zbekistondagi metan “zapravka”lar vaqtincha yopildi

Jamiyat

image

Havo harorati pasayishi sababli bugun, 4 mart kuni soat 19:00 dan ertaga, 5 mart kuni soat 10:00 gacha metan “zapravka”lar faoliyatiga vaqtincha cheklov kiritildi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, respublika hududlariga sovuq va nam havo massalari kirib kelishi natijasida tabiiy gazga bo‘lgan talab oshgan. Shu bois magistral gaz quvurlarida bosimning pasayishi kuzatilmoqda.

Shunday hollarda birinchi navbatda aholi xonadonlari, shuningdek, ijtimoiy soha ob’ektlarini tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash ustuvor vazifa hisoblanadi. Shu munosabat bilan, bugun, 4 mart kuni soat 19:00 dan ertaga, 5 mart kuni soat 10:00 gacha respublikadagi metan “zapravka”lar faoliyatiga vaqtincha cheklov joriy etiladi.

Mazkur choralar aholi va ijtimoiy soha ob’ektlarini barqaror gaz ta’minoti bilan ta’minlashga qaratilgan. Shu bilan birga, ijtimoiy soha ob’ektlariga xizmat ko‘rsatuvchi va jamoat transport vositalari uchun gaz ta’minoti cheklovlarsiz, barqaror tarzda ta’minlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

tabiiy gaz metan metan zapravka

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing