Farg‘onada baliqxona va do‘kon byudjetga 1,4 mlrd so‘mlik zarar yetkazdi (video)

3-sahifa

−

image

Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida baliqxona va savdo do‘konida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Bu haqda “Hududgazta’minot” AJ xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Farg‘ona viloyati gaz ta’minoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari va hamkor tashkilotlar ishtirokida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda Rishton tumanidagi “Uch ariq” mahallasida fuqaro N.S.ga tegishli baliqxonada loyiha-texnik hujjatlarsiz tabiiy gazdan foydalanib kelingani aniqlangan. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu holat bo‘yicha yetkazilgan zarar 1 milliard 184 million so‘mni tashkil etgan.

Shuningdek, shu mahallada yashovchi E.Q.ga tegishli savdo do‘konida ham loyiha-texnik hujjatlarni rasmiylashtirmasdan tabiiy gazdan foydalanilgani ma’lum bo‘lgan. Mazkur holat bo‘yicha 305 million so‘m qayta hisoblangan.

Bildirilishicha, har ikki holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand shahrida yakka tartibdagi tadbirkorga qarashli ishlab chiqarish korxonasi tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, undan noqonuniy foydalanib kelgani aniqlangandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing