Xorazmda ekskavator sabab 17 ming kishi gazsiz qoldi

3-sahifa

image

Xorazm viloyatining Xonqa tumanida yer qaziyotgan ekskavator yuqori bosimli gaz quvuriga shikast yetkazishi oqibatida gaz sizib chiqish holati kuzatildi. Bu haqda “Hududgazta’minot” xabar berdi.

Qayd etilishicha, hodisa oqibatida tumanning “Barkamollik”, “Fidoyilar”, “Vatanparvar”, “Jannatmakon”, “Pahlavonlar”, “Gulg‘uncha”, “Ezgulik”, “Mahorat”, “Porloq”, “Yangilanish”, “Ahillik”, “Bunyodkor”, “Mangulik”, “Ehtirom”, “Muqaddas”, “Istiqlol”, “Do‘stlik”, “G‘ayrat”, “Mustaqillik”, “Paxtagul”, “Guliston”, “Ilg‘or”, “Nurafshon”, “Paxtakor”, “Madaniyor”, “Yosh kuch”, “Oydin hayot” mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi 17 200 kishi va 546 ta ulgurji iste’molchilarda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatilgan.

Ayni paytda tuman gaz ta’minoti bo‘limining avariya brigadasi tomonidan ta’mirlash ishlarini boshlagan. Ta’mirlash ishlari yakunlangandan so‘ng ta’minot qayta tiklanishi aytilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Parkent tumanidagi gaz quvurini yuk mashinasi urib yuborishi oqibatida ayrim iste’molchilarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Xorazm gaz quvuri ekskavator

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing