Vlaxovich tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Turinga keldi (foto)

Sport

image

Turinning “Yuventus” klubi rasmiy sayti “Fiorentina” hujumchisi Dushan Vlaxovich tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun kelganini e’lon qildi. Futbolchi shundan so‘ng, Turin klubi bilan shartnoma imzolashi mumkin bo‘ladi.

Avvalroq futbolchi va klub o‘rtasida barcha tafsilotlar kelishib olingani haqida xabar berilgan edi. Transfer summasi 75 million, futbolchining maoshi esa 7 million yevroni tashkil qiladi. 

Vlaxovich tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va tez orada turinliklar bilan uzoq muddatli shartnoma imzolaydi. Shuningdek, serbiyalik straykerning “zebralar” safiga o‘tishi haqidagi mish-mishlar fonida “binafsharanglilar” muxlislari tomonidan tahdidlar kela boshlagani ma’lum bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, 21 yoshli forvard Italiya klubiga 2018 yilda Serbiyaning “Partizan” jamoasidan kelib qo‘shilgan. 

Ma’lumot uchun, Dushan joriy mavsum “Fiorentina” safida barcha turnirlar doirasida 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 20 ta gol urgan va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Yuventus Fiorentina Vlaxovich

Baholaganlar

11

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing