Amir Temur ko‘chasining avtomobillar uchun qisman yopiqligi uzaytirildi
Jamiyat
−
06 dekabr 2019
4450Avvalroq, joriy yilning sentyabr oyida poytaxt Toshkentdagi Amir Temur ko‘chasi metro qurilishi sabab transport vositalari uchun qisman yopilgani haqida xabar bergan edik.
Bugun, 6 noyabr kuni Toshkent shahar hokimligining ma’lum qilishicha, Yunusobod metro yo‘nalishi qurilishi sababli, Amir Temur ko‘chasining qisman (Yunusobod tuman jinoyat ishlar sudi yaqinida) yopilishi 20 dekabr kunigacha uzaytirildi.
Yo‘lning ushbu qismida avtoulovlarning ikki taraflama harakatlanishi yo‘lning bir tomoni bo‘ylab amalga oshirilishda davom etadi.
Eslatib o‘tamiz, Yashnobod tumani Toshkent avtomobil halqa yo‘lining bir qismi transport vositalari harakati uchun vaqtincha yopilgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi