Toshkentda markaziy ko‘chalardan biri 2,5 oyga qisman yopildi
Jamiyat
−
12 Sentabr 2019
4966Avvalroq, Toshkent metropoliteni Yunusobod yo‘nalishi 2-bosqich qurilish ishlari boshlangani haqida xabar bergan edik.
Metro qurilishi sababli shahar markaziy ko‘chalaridan biri dekabr oyigacha yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Amir Temur ko‘chasining Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudi joylashgan nuqtasidan Ahmad Donish ko‘chasigacha bo‘lgan yo‘lning bir tomonga harakatlanish qismi 2019 yilning 12 sentyabridan dekabr oyigacha yopiladi. Shu yo‘nalishda harakatlanuvchilar vaqtincha qatnov qismining ikkinchi tomonidagi yo‘lda yurishlari mumkin bo‘ladi.
LiveBarchasi