Vitaminlarga boy bo‘lgan smetana: u kimlarga mumkin emas? 

Salomatlik

image

Smetana 1,5 yoshgacha bo‘lgan bolalarga berilmasligi kerak, gastrit, jigar yoki o‘t pufagi bilan bog‘liq muammolar bo‘lsa, ushbu mahsulotni juda ehtiyotkorlik bilan ishlatish zarur. Bu haqda nutritsiolog Olga Kovinenko ma’lumot berdi. 

“Smetana juda yuqori yog‘li — tarkibida 10 foizdan 30 foizgacha yog‘ bo‘lgan sut mahsuloti bo‘lib, uning iste’molida o‘lchovga rioya qilish kerak. Uning tarkibida vitaminlar (A, S, Ye, K, D, V guruhi), aminokislotalar, rux, kaliy, kalsiy bor. Bu ovqat hazm qilish jarayoniga, mikrofloraga foydali tasir ko‘rsatadi. U teri, soch, tirnoqlarning go‘zalligi uchun foydalidir. Bolalar, qariyalar va yuqori jismoniy faollikka ega odamlarga bu mahsulot tavsiya etiladi, chunki uning tarkibi oqsil va yog‘larga boy”, deb ta’kidlagan nutritsiolog. 

Mutaxassisning qo‘shimcha qilishicha, 1,5 yoshgacha bo‘lgan bolalarga smetana berishning hojati yo‘q, chunki ularning oshqozon-ichak tizimi hali bu turdagi oqsilni to‘liq hazm qilishga tayyor bo‘lmaydi. Gastrit, o‘t pufagi va jigar faoliyati bilan og‘riganlar ham ushbu mahsulotni iste’mol qilishda ehtiyot bo‘lishlari kerak, degan shifokor.


Maqola muallifi

Teglar

salomatlik smetana

Baholaganlar

206

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing