Virus qurbonlari soni 80 nafarga yetdi. Xitoy Bosh vaziri Uxanga bordi

Olam

image

Xitoy Bosh vaziri Li Ketsyan Xubey provinsiyasidagi izolyatsiya qilingan yangi koronavirus o‘chog‘i Uxan shahriga bordi.

Shaharda bir necha kundirki yo‘lovchi transporti ishlamayapti, avtobus, kema va samolyotlarning u yerga kirishiga ham, u yerdan chiqishiga ham yo‘l qo‘yilmayapti. AQSH, Yaponiya va Fransiya Uxandagi fuqarolarini evakuatsiya qilishga qaror qilishga kirishdi.

Butun mamlakat bo‘ylab yangi yil dam olish kunlari va ta’tillar uzaytirildi, bir qancha yirik restoranlar tarmog‘i yopildi, odamlarning harakati nazoratga olindi.

Xitoyda ushbu virusdan kasallanib halok bo‘lganlar soni 80 nafarga yetdi. Virus bilan kasallanganlar soni 2744 nafarga yetdi. Butun dunyo bo‘ylab 2800 nafar odamda ushbu virus aniqlandi.

Bu orada Xitoy yangi virusning vaksinasinin ishlab chiqara boshladi. Shuningdek, Uxanda koronavirus bilan kasallanganlarni davolash uchun yangi shifoxona qurishga kirishildi.

Xitoylik olimlar yovvoyi hayvonlar koronavirusining manbai ekanligini aniqladi. Xitoylik mutaxassislar koronavirusdan davolash uchun odam immunotanqisligi virusiga qarshi qo‘llanuvchi dori vositasini sinay boshlashdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda yangi virus sabab aeroport va chegaralardagi nazorat punktlarida tibbiy tekshiruvlar kuchaytirildi. Sog‘liqni saqlash vazirligi virusning kirmasligi uchun ko‘rilayotgan choralar haqida ma’lumot berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy virus Uxan'

Baholaganlar

280

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing