Vindzorlar sinovda: qirollik osmonida qora bulutlar to‘plandi
Olam
−
21 fevral 3003 2 daqiqa
Qirol Charlz III ning ukasi Endryu Mauntbetten-Vindzor politsiya tomonidan qo‘lga olingan. Ikki qirollik mulkida tintuv o‘tkazilgan. Matbuot esa Jeffri Epshteyn bilan bog‘liq mojaroni Bukengem saroyi bilan bog‘lamoqda. Ko‘rinib turibdiki, Britaniya monarxiyasi so‘nggi yillardagi eng og‘ir inqirozga yuz tutgan. Bu haqda APP yozdi.

Shunga qaramay, saroy rasmiy vazifalarni to‘xtatmagan: qirol London moda haftaligida, qirolicha Kamilla konsertda, prinsessa Anna esa qamoqxona tashrifida bo‘lgan. Bu faqat “britaniyacha sokinlik” emas, balki Vindzor uyining omon qolish uchun birinchi harakati sifatida baholanmoqda.
Endryu Mauntbetten-Vindzor 11 soatlik so‘roqdan so‘ng ayb qo‘yilmasdan qo‘yib yuborilgan. Ammo uning Epshteyn bilan aloqalariga doir AQSH Adliya vazirligi ochgan hujjatlar yangi savollarni tug‘dirgan. Kamida sakkizta Britaniya politsiya idorasi ishni o‘rganmoqda.
Kuzatuvchilar bu holatni 1936 yilda Edvard VIII ning taxtdan voz kechishi bilan taqqoslamoqda — o‘shanda ham monarxiya nufuzi jiddiy shikastlangan edi. Biroq bu safar “oddiy yechim” yo‘q: Edvard taxtdan tushgan edi, hozir esa tergov davom etmoqda va oxiri ko‘rinmayapti.

Saroy Endryuni unvonlardan mahrum qilgan, hatto uni meros tartibidan chiqarish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Ekspertlar fikricha, zamonaviy media muhiti va jamoatchilikning shaffoflikka bo‘lgan talabi monarxiya uchun yangi bosim yaratmoqda. Endi qirol nafaqat ramziy rahbar, balki javobgarlik kutiladigan shaxs sifatida ko‘rilmoqda.
Xullas, eng yaxshi ssenariy – tergov faqat Endryu bilan cheklanishi. Eng yomoni esa chuqurroq savollar butun joriy tizimga yog‘dirilishi. Vindzorlar uchun bu oddiy mojaro emas. Bu – ishonch, legitimlik va kelajak uchun kurash.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Bosh prokurori Pem Bondi Jeffri Epshteyn ishiga doir hujjatlarda tilga olingan 300 nafar mashhur shaxs va siyosatchi ismidan iborat ro‘yxatni e’lon qilgan edi.
Live
Barchasi