Vin Dizelning kotibasi uni jinsiy tajovuzda ayblamoqda

Madaniyat-san’at

image

“Forsaj” filmidagi roli bilan o‘zbek tomoshabinlariga yaxshi tanish aktyor Vin Dizel kotibasiga jinsiy tajovuz qilishda ayblanmoqda. Bu haqda “Euronews” xabar berdi.

Bildirilishicha, Dizelning sobiq yordamchisi yulduz 2010 yilda uni zo‘rlab, keyin ishdan haydab yuborganini aytmoqda.

Kotiba Asta Jonasson 21 dekabr kuni ushbu ish yuzasidan Los-Anjeles sudiga murojaat qilgan. Uning da’vosiga ko‘ra, Dizel Atlantadagi mehmonxonalardan birida unga kuch ishlatgan. Kotiba xonadan qochib chiqishga uringan, biroq aktyor bunga yo‘l qo‘ymagan.

Shuningdek, kotibaning so‘zlariga ko‘ra, Dizel uni qo‘rqitgan, shu sababli yetarlicha qarshilik ko‘rsata olmagan. Bir necha soatdan keyin esa aktyorning singlisi Samanta Vinsent kotibaga ishdan bo‘shatilganini aytgan.

Da’vo arizasida aktyor Asta Jonassondan o‘z nafsi yo‘lida foydalangani va foydasi tegmay qolgach, ishdan bo‘shatib yuborgani, bu voqea esa kotibaning ruhiy holatiga ta’sir qilganiga urg‘u berilgan.

“Aniq bilaman, Dizel buni rad etadi. Shubhasiz, u 9 kunlik ishchisi tomonidan aytilgan 13 yil avvalgi voqeani birinchi marta eshityapti. Bizda bu g‘alati da’volarni butunlay rad etadigan dalillar mavjud”, deydi advokat Brayan Fridman.

Jonassonning advokati Kler-Liz Kutlay bayonotiga ko‘ra, kotiba Dizelni va uning jinoyatini yashirganlarni javobgarlikka tortishni talab qilyapti.

Eslatib o‘tamiz, Butun dunyoga “Obiliks” roli bilan tanilgan aktyor va mahoratli rejissyor Jerar Deparde ham aktrisalarga nisbatan jinsiy tajovuzda ayblanib, tergov qilinayotgandi. Yaqinda ushbu ishga oid yangi video dalillar taqdim etildi. Uning oilasi esa aktyorga nisbatan aktrisalar tomonidan qo‘yilgan jinsiy tajovuz haqidagi ayblovlarga javob qaytardi.

 


Maqola muallifi

Teglar

jinsiy tajovuz Farsaj Vin Dizel kotiba

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing