Viloyatliklarni haqorat qilgan qiz javobgarlikka tortildi (video)

3-sahifa

image

Viloyatliklarni haqorat qilgan qiz javobgarlikka tortildi. Bu haqda sud jarayonida ishtirok etgan QALAMPIR.UZ muxbiri Abdurahmon Ergashev xabar berdi.

Bildirilishicha, 1998 yilda tug‘ilgan S.A. 2023 yil oktyabr oyida Instagram ijtimoiy tarmog‘ida jonli efir orqali viloyatliklarni haqorat qilgan va mazkur haqoratomuz fikr yuzasidan fuqaro I.P Ichki ishlar organlariga ariza bilan murojaat qilgan.

Sud jarayonida S.A. aybiga qisman iqror bo‘lib, haqiqatdan ham 2023 yilning oktyabr oyida o‘zining Instagram ijtimoiy tarmog‘i orqali jonli efir qilayotgan vaqtida unga notanish bola haqoratli so‘zlar yozgani, shu sababli jahli chiqib ushbu gaplarni unga yo‘naltirib gapirgani, shuningdek, tegishli joyda kechirim so‘rab tushuntirish berganini, bu holatni ayrim blogerlar uyushtirib, oradan ancha vaqt o‘tgan bo‘lishiga qaramay ijtimoiy tarmoqlarga tarqatib yuborganini ma’lum qilgan.

Sud aybdor A.S.ga nisbatan 2-gurux nogironi ekanini hisobga olgan holda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-moddasi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari, ya’ni 6.800.000 so‘m jarima belgiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq viloyatliklarni bir qancha qo‘pol so‘zlar bilan kamsitgan 21 yoshli qiz R.N. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 286-moddasi tartibida IIO FMB vaqtinchalik saqlash hibsxonasiga joylashtirilgani xabar qilingandi. Sud qarori bilan unga nisbatan 15 sutka qamoq jazosi tayinlangan.

 


Maqola muallifi

Teglar

javobgarlik haqorat Viloyatliklar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing