Video: Toshkentda haydovchi YPX xodimi bilan mushuk-sichqon o‘ynadi

Jamiyat

Ijtimoiy tarmoqlarda Yo‘l-patrul xizmati xodimlari va fuqaro o‘rtasidagi filmlardagidek quvlashmachoq aks etgan video tarqaldi. Videoda Damas haydovchisi YPX xodimlaridan qochayotgani tasvirlangan. Har ikki avtomobil ham yo‘lning qarma-qarshi tomonida harakatlangan.

Toshkent shahar IIBB shahar ko‘chasidagi quvlashmachoq bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.

Videodagi voqea kecha, 28 iyul kuni soat 17:00 da Olmazor tumanida yuz bergan. Damas haydovchisi Sog‘bon ko‘chasida yo‘lning qarama-qarshi qismida harakatlangan. Unga to‘xtash signalini bergan YPX xodimining talabini bajarmagan.

Shundan so‘ng, YPX xodimlari tartibga binoan uni ta’qib qilishni boshlagan. YPX xodimi odamlarning hayotini xavfga qo‘ymaslik uchun ta’qibni to‘xtatgan. Biroq haydovchi YHQni qo‘pol tarzda buzib, Kichik halqa yo‘li va Sag‘bon ko‘chalari kesishmasida yashiringan.

Davlat raqam belgisi 01 A 063 SA bo‘lgan Damas N.F. nomiga ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Ammo avtomobilni boshqarish uchun 4 kishiga ishonchnoma berilgan. Ayni vaqtda quvlashmachoq vaqtida avtomobilni boshqargan haydovchi aniqlanyapti.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent YPX quvlashmachoq

Baholaganlar

93

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing