Video: Mirziyoyev do‘konga kirib, narx-navo bilan tanishdi

Jamiyat

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28 fevral kuni Namangan viloyatiga amalga oshirgan tashrifi davomida kutilmaganda To‘raqo‘rg‘on tumani dehqon bozori yonida to‘xtab, odamlar bilan muloqot qilgani haqida xabar bergan edik. 

Davlat rahbari shu kuni oqshom vaqtida Namangan shahri markazida joylashgan yangi gipermarketga borib, narx-navolar bilan tanishgan. U  har bir bo‘limda bo‘lib, odamlar bilan muloqot qilgan. Prezident odamlarning kayfiyati do‘konlardagi narx-navoga bevosita bog‘liq ekanini ta’kidlagan. 

Davlat rahbari rastalarni Namanganda ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan to‘ldirish bugungi kunning talabi ekanini qayd etgan. 

Ma’lumot o‘rnida, Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 22 fevral kuni soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar natijadorligi tahliliga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishda, ayrim tadbirkorlar yangi soliq tizimini qo‘llash bo‘yicha yetarli bilimga ega emasligi tufayli tovarlarga asossiz ravishda qo‘shimcha ustamalar hisoblash hollari uchrayotgani, bu iste’mol bozorida narx-navoga o‘z ta’sirini o‘tkazayotgani ta’kidlangan edi.

Shu bois respublika shtabiga hududlarga chiqib, joylarda narx-navo oshishi sabablarini doimiy tahlil qilish, ularning asossiz o‘sishining oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha takliflar ishlab chiqish vazifasi qo‘yilgan. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Namangan

Baholaganlar

146

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing