Vengriyada yangi Prezident saylandi

Olam

image

Vengriya parlamenti Konstitutsiyaviy sud raisi Tamash Shuyokni respublikaning yangi Prezidenti etib sayladi. Bu haqda “Index.hu” xabar berdi.

Shuyok nomzodi uchun 134 deputat ovoz bergan, besh deputat qarshi chiqqan.

Shuyok yuridik maslahatchi, huquqshunos va Avstriyaning faxriy konsuli bo‘lgan. U 10 yil Konstitutsiyaviy sudning a’zosi, 2016 yildan buyon esa uning raisi sifatida ishlab kelayotgandi.

10 fevral kuni Vengriyaning oldingi prezidenti Katalin Novak mehribonlik uyidagi jinsiy zo‘ravonlik ishini yashirganlikda ayblangan erkakning avf etilishi bilan bog‘liq janjal ortidan iste’foga chiqishini e’lon qilgan. Shuyok uning o‘rnini egalladi.

Ma’lumot uchun, Vengriya Prezidenti barcha vengerlarni birlashtirishi kerak bo‘lgan siyosiy arbob hisoblanadi va mamlakat fuqarolari uning asosiy rolini aynan shu yerda ko‘radi. Shu bilan birga, uning vakolatlari ancha cheklangan (u qonunlarni imzolaydi, saylov sanasini belgilaydi, sudyalarni tayinlaydi va hokazo). Vengriya parlamentar respublika bo‘lib, asosiy hokimiyat Bosh vazir va hukumat qo‘lida to‘planadi.


Maqola muallifi

Teglar

Vengriya Tamash Shuyok

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing