Vengriyada hukumatga qarshi namoyish bo‘ldi (video)

Olam

image

Budapeshtda “Yangi va demokratik Vengriyani quramiz", shiori ostida minglab odamlarning hukumatga qarshi namoyishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda kecha, 6 aprel kuni TASS ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, miting ishtirokchilari shaharning markaziy ko‘chalari bo‘ylab yurgan, so‘ngra milliy parlament binosi yonidagi Lajos Kossuth maydonida to‘planishgan. Namoyishda bir necha o‘n minglab odamlar, asosan, 25 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lgan o‘rta sinf vakillari qatnashgan. 

"Odamlar nafaqat parlament oldidagi ulkan maydonni, balki yaqin atrofdagi ko‘chalarni ham to‘ldirdi. Mitingda ma’ruzachilarni hamma ko‘rishini ta’minlash uchun Lajos Kossuth maydonining perimetri bo‘ylab katta televizor ekranlari o‘rnatildi", deyiladi xabarda.

Politsiya otryadlari tartibni saqlagan va tinch namoyishlarga shahar hokimiyati ham ruxsat bergan. Namoyishlar hukumatni tizimli korrupsiyada ochiq ayblagan sobiq yuqori martabali amaldor Peter Madyarning chaqirig‘i ortidan boshlangan. E’tirozchilar Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban va Bosh prokuror Peter Poltning iste’fosini talab qilib, mamlakatdagi korrupsiyani tergov qilishni so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq pedofiliya mojarosi ortidan Vengriya Prezidenti iste’foga chiqqan edi.


Maqola muallifi

Teglar

namoyish Vengriya Budapesht

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing