Kurs UZS

USD

12 969.56

-10.77

EUR

14 768.44

-10.96

RUB

157.09

2.58

Vengriya Usmonov va uning singlisini YeI sanksiyalaridan chiqarmoqchi

Olam

image

Rasmiy Budapesht sakkiz nafar rossiyalik Yevropa Ittifoqining sanksiyalar ro‘yxatidan chiqarilmasa, Rossiyaga qarshi Yevropa sanksiyalarini uzaytirishga veto qo‘yishga tayyorligini ma’lum qildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Buyuk Britaniya Alisher Usmonov kompaniyasi va Karimovlar oilasiga sanksiya kiritdi north_east

Buyuk Britaniya Alisher Usmonov kompaniyasi va Karimovlar oilasiga sanksiya kiritdi

Aytilgan ushbu shaxslar:

Alisher Usmonov – Rossiyaning eng boy biznesmenlaridan biri. 2022 yil 28 fevraldan Yevropa Ittifoqi sanksiyalariga uchragan, u “Kremlga sodiq oligarx” va “Vladimir Putinning sevimli oligarxi” sifatida tasvirlangan, shuningdek, “Putin uchun biznes masalalarini hal qilgan” shaxs sifatida tanilgan.

Gulbahor Ismoilova – Usmonovning singlisi, taxminan uning xorijdagi aktivlarining bir qismiga egalik qilgan, bu esa sanksiyalar uchun asos bo‘lgan. 2022 yil 8 aprelda Yevropa Ittifoqi sanksiyalariga tushgan.

Mixail Fridman – Alfa-Bank hammuassisi va yirik investor, uning moliya guruhi Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida faoliyat yuritgan. Fridman va uning sherigi Pyotr Avenga Yevropa Ittifoqi sanksiyalari 2022 yil 28 fevralda joriy etilgan.

Germaniyada Alisher Usmonov yashagan villa sotuvga qo‘yildi north_east

Germaniyada Alisher Usmonov yashagan villa sotuvga qo‘yildi

Pyotr Aven – Alfa-Bank'ning yana bir hammuassisi. U uchun ham Yevropa Ittifoqi sanksiyalari Fridman bilan bir vaqtda joriy etilgan.

Dmitriy Mazepin – “Uralxim” holdingi hamsohibi, 2022 yil 24 fevralda Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli hujumi vaqtida Putin bilan uchrashgan katta biznesmenlar orasida bo‘lgan. Yevropa Ittifoqi sanksiyalariga 2022 yilning mart oyida tushgan.

Vyacheslav Moshe Kantor – biznesmen. Yevropa Ittifoqi sanksiyalari 2022 yil 8 aprelda joriy etilgan, u “Rossiyaning oligarxi” va “Vladimir Putin bilan yaqin aloqalar” o‘rnatgan shaxs sifatida ta’riflangan.

Musa Bajayev – Alliance guruhi rahbari va neft magnati. 2022 yilning aprelidan sanksiyaga tushgan. Yevropa Ittifoqi uning bizneslari orqali Rossiya iqtisodiyotining strategik tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlashini hisoblaydi.

Mixail Degtyaryov – Rossiya Sport vaziri. U 2014 yil 25 iyuldan Yevropa Ittifoqi sanksiyalariga tushgan, chunki Duma deputati bo‘lganida DNR deb nomlangan hududiy tuzilmaning Moskvadagi “elchixonasini” ochganini e’lon qilgan.

Yevropa Ittifoqining sanksiya ro‘yxati muntazam ravishda ko‘rib chiqiladi va 27 ta a’zo mamlakatning bir ovozdan qo‘llab-quvvatlashi bilan uzaytiriladi. Vengriya avval ham veto huquqidan foydalanish bilan tahdid qilgan edi.

Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban sanksiyalar Rossiyadan ko‘ra Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga ko‘proq ta’sir o‘tkazayotganini aytgan. Bryussel esa sanksiyalar bo‘yicha yagona chiziq bo‘lmasa, Yevropa Ittifoqi Moskvaga bosim o‘tkazishning asosiy vositasini yo‘qotishini ta’kidlagan.

Ma’lumot uchun, Alisher Usmonov AQSH, Yevropa Ittifoqi, Buyuk Britaniya, Shveysariya, Kanada, Yaponiya, Avstraliya va Yangi Zelandiyaning “qora ro‘yxati”ga kiritilgan. Milliarderga nisbatan cheklovlar Rossiya-Ukraina urushi boshlanganidan so‘ng kiritilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Germaniyaning Gamburg yer sudi “Tagesspiegel” gazetasiga tadbirkor Alisher Usmonov haqida yolg‘on da’volarni tarqatishini taqiqlagani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Alisher Usmonov EI sanktsiyalar Budapesht Gulbahor Ismoilova

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing