Venesuela Milliy gvardiyasi insoniyatga qarshi jinoyat qilgan – BMT

Olam

image

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Venesuelaning Milliy gvardiyasiga katta ayblov qo‘ymoqda. Ular hukumatga qarshi chiqqanlarni o‘n yildan beri qiynoqqa solish, zo‘rlash va hibsga olish kabi nomaqbul ishlarni qilishda gumon qilinmoqda. Bu insoniyatga qarshi jinoyat deb baholangan. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, Milliy gvardiya Prezident Nikolas Maduroga qarshi chiqqan siyosatchi va oddiy odamlarni maxsus nishonga olgan. Aholini sababsiz qamoqqa tashlash (arbitrar hibs), ularga jismoniy jazo berish, hatto jinsiy zo‘ravonlik kabi jinoiy harakatlarni sodir etganligini bildirgan.

BMT bu ishlar shunchaki xatolik emas, balki hukumat tomonidan maxsus rejalashtirilgan, tizimli repressiya (majburlash) ekanligini ta’kidlagan. Gvardiya bu ishlar uchun deyarli jazolanmagan. Masalan, 2024 yilda saylovdan keyin Milliy gvardiya tanqidchilarning uylariga to‘satdan bostirib kirish: “knock knock”  operatsiyasini uyushtirgan.

Hisobot e’lon qilingach, AQSH va Venesuela orasidagi munosabatlar yanada yomonlashgan. AQSH Prezidenti Donald Tramp Venesuelaga qarshi hatto harbiy aralashuv bo‘lishi mumkinligini aytgan. Prezident Maduro esa bu ayblovlar yolg‘onligini va AQSH uning neftini o‘g‘irlash uchun bu uydirmani o‘ylab topganini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, 29 noyabr kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp Venesuela va unga tutash hududlar ustidagi havo makoni to‘liq yopilganini e’lon qilgandi.

Nigora Maxammadiyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh Venesuela BMT

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing