Vaziyat jiddiylashdi. Vinisius bilan bog‘liq holatga FIFA prezidenti aralashdi

Sport

image

FIFA prezidenti Janni Infantino La Liga 35-turidan o‘rin olgan “Valensiya”-“Real” o‘yinida “qirollik klubi”ning irqchilikka uchragan braziliyalik futbolchisi Vinisius Junior bilan bog‘liq holatni befarq qoldirmadi. Infantino o‘z Instagram sahifasida holatga munosabatini bildirdi.

“Viniciusni to‘liq qo‘llab-quvvatlayman. Futbolda ham, jamiyatda ham irqchilikka o‘rin yo‘q. Bunday holatda FIFA tomonidan ishlab chiqilgan futbol qoidalarini qo‘llash, jumladan, hakam o‘yinni to‘xtatishi, futbolchilar maydonni tark etishi va referi kerak bo‘lsa, o‘yinni bekor qilishi mumkin, ammo u bunday qilmadi. Bunday holatlarga nisbatan barcha ligalarda chora ko‘rilishi kerak”, deb yozib qoldirdi Infantino o‘z sahifasida. 

Eslatib o‘tamiz, Vinisius La Liganing 35-tur o‘yinida “Valensiya” muxlislari tomonidan haqorat qilingandi. Biroz vaqt o‘tgach, “Valensiya” futbol klubi Vinisius bilan bog‘liq holat bo‘yicha bayonot berib, futboldagi barcha haqorat va hujumlarni qoralashini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Janni Infantino Vinisius Junior

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing