“Real” Vinisiusga özini körsatişi uçun muhlat berdi – OAV
Sport
−
14:45 438 1 daqiqa
“Real Madrid” qanot hujumçisi Vinisius Juniorga töliq jismoniy holatiga qaytişi, özini körsatişi va boş murabbiy Joze Mourinoning talablariga moslaşişi uçun bir oy muhlat berdi. Aks holda, futbolçi Madrid klubining doimiy ravişda zaxira örindiğida qolib ketişi mumkin. Bu haqda “El Debate” naşri xabar berdi.
Manbaga köra, “Real Madrid” Vinisiusning jismoniy holatini tahlil qilmoqda. Futbolçining özi ham duç kelgan qiyinçiliklaridan xabardor va eng yaxşi formasiga qaytişga qat’iy bel boğlagan.
Mourino futbolçiga yordam beriş uçun qölidan kelgan barça işni qilmoqda. Biroq murabbiy jamoa manfaatlari har doim birinçi örinda turişini alohida ta’kidlagan.
Madrid klubining dekabr oyida La Liga doirasida “Atletik Bilbao” va Çempionlar ligasida “Arsenal”ga qarşi öyinlari Vinisius uçun muhim ahamiyat kasb etişi aytilmoqda.
Ma’lumot uçun, braziliyalik futbolçi joriy mavsumda “Real” safida barça musobaqalarda 12 ta uçraşuvda maydonga tuşib, 1 ta gol va 3 ta golli uzatma muallifi bölgan.
Live
BarchasiOzon teshigi rekord darajada kengaydi
06 Noyabr