Infantino Tramp bilan aloqalari böyiça AQŞ Kongressi tergoviga çaqirilişi mumkin
Sport
−
10:11 392 2 daqiqa
FIFA prezidenti Janni Infantino taşkilotning AQŞ Prezidenti Donald Tramp bilan aloqalari yuzasidan olib borilayotgan tergov doirasida AQŞ Kongressidan çaqiruv qoğozi olişi mumkin. Bu haqda “The Telegraph” xabar berdi.
AQŞ Vakillar palatasining Sud qömitasi joriy yilning iyul oyidan buyon Infantinoning Tramp bilan aloqalarini tekşirib kelmoqda. Demokratlarning oraliq saylovlardagi ğalabasidan söng kongressmen Jeymi Raskin Vakillar palatasi Sud qömitasiga raislik qilişi mumkin. U FIFA rahbariga nisbatan taşkilotning AQŞ Prezidenti va uning ittifoqçilari bilan moliyaviy aloqalari yuzasidan tergov boşlagan.
Naşrning xabar berişiça, qömita, şuningdek, Infantinoning Mayamidagi uy xizmatçisi bilan boğliq hujjatlarni ham söragan. Naşr ma’lumotlariga köra, FIFA prezidenti öz maslahatçisi Karlos Kordeyrodan uy xizmatçisiga işlaş uçun ruxsatnoma olişda yordam berişni söragan. Hujjatlarda uning FIFA Amerika bölimi iş haqi röyxatida bölgan bölişi mumkinligi körsatilgan.
FIFA har qanday qonunbuzarlikka yöl qöyilganini qat’iyan rad etdi va Infantino uy xizmatçisining maoşini şaxsan tölaganini ta’kidladi.
Avvalroq, Infantino Jahon çempionatining tijoriy huquqlaridagi uluşni xususiy investorlarga sotiş böyiça muzokaralar olib borgan edi. Asosiy investor AQŞ Prezidenti Donald Trampning kuyovi Jared Kuşnerning ukasi Joşua Kuşner tomonidan taşkil etilgan Thrive Eternal kompaniyasi bölgan.
Joriy yilning iyul oyida FIFA milliy federatsiyalar va qit’a konfederatsiyalarining noroziligidan söng uşbu loyihadan voz keçdi. “The Telegraph” manbalaridan birining ma’lum qilişiça, Kuşnerlar ham yanvar oyida körsatma beriş uçun çaqirilişi mumkin.
Infantino 2016 yildan buyon FIFA’ga rahbarlik qilib kelmoqda va yana bir bor prezidentlikka saylaniş niyatida. Navbatdagi saylov 2027 yil 18 mart kuni Rabat şahrida bölib ötadigan FIFA kongressida taşkil etiladi.
Live
Barchasi