Vaziyat taranglashganda Putin qaysi yadroviy qurollarini sinovdan o‘tkazdi? (video)

Olam

image

Avval xabar berganimizdek, bugun, 19 fevral kuni Rossiya Federatsiyasi strategik yadroviy triadasi: strategik aviatsiya, qit’alararo ballistik raketalar va suv osti raketa tashuvchilar ishtirokchida mashg‘ulotlar o‘tkazdi.

Kreml Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, strategik qurollar ishtirokchidagi manevrda Rossiya Aerokosmik kuchlari “Kinjal” gipertovushli aeroballistik raketalarini muvaffaqiyatli uchirdi.

Bundan tashqari, mashqlar davomida “Kalibr” qanotli raketalari va “Sirkon” gipertovushli raketalari uchirilgan. Xususan, Astraxan viloyatida “Iskandar”, Plesetskdan “Yars”, Barens dengizidan “Sineva” uchirilgan.

Strategik qo‘shinlarning mashg‘ulotlari avvalroq harbiy qo‘mondonlik va nazorat organlari, jangovar ekipajlar, harbiy kemalar ekipajlari va strategik raketa tashuvchilarning belgilangan vazifalarni bajarishga tayyorligini, shuningdek, strategik yadroviy va yadroviy bo‘lmagan qurollarning ishonchliligini sinash uchun rejalashtirilgandi. 

“Strategik to‘xtatuvchi kuchlarning mashqlari davomida ko‘zda tutilgan vazifalar to‘liq bajarildi, barcha raketalar belgilangan nishonlarni yo‘q qilib, ko‘rsatilgan xususiyatlarni tasdiqladi”, deyiladi xabarda.

Hozirda Rossiya qo‘shinlar va kuchlarni tezkor tayyorlash bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlarni davom ettirmoqda. Ularda deyarli barcha harbiy okruglar, flot va havo-desant kuchlari qatnashmoqda. Bundan tashqari, Belarus hududida Rossiya-Belarus “Ittifoqchilar qat’iyati-2022” qo‘shma mashqlari o‘tkazilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Prezident Vladimir Putin va Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko Kremldagi vaziyat markazidan Aerokosmik qo‘shinlar, Janubiy harbiy okrug, Strategik raketa qo‘shinlari, Shimoliy va Qora dengiz flotlari qo‘shinlari ishtirokidagi mashg‘ulotlarning borishini kuzatib borgan.


Maqola muallifi

Teglar

Kreml' yadroviy triada

Baholaganlar

727

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing