Turkiyada koronavirusdan o‘lim bo‘yicha antirekord qayd etildi

Olam

image
0:00
0:00
download

Turkiyada kecha, 15 aprel kuni 297 nafar bemor koronavirusdan vafot etdi, bu pandemiya boshlanganidan beri kuzatilmagan holat. Bu haqda Turkiya Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga asoslanib xabar berilgan.  

Shuningdek, bir kunda 60 mingdan ko‘p koronavirus holati qayd etilgan. 

"Bugun COVID-19 kasalligining 61 ming 400 ta yangi holati aniqlandi, 2 ming 845 nafar bemor shifoxonaga yotqizildi. 297 kishi vafot etdi", deyilgan vazirlik bayonotida. 

Turkiyada pandemiya boshlanganidan beri 4 086 957 kishi koronavirus yuqtirgan, ulardan 35 031 nafari vafot etgan. Hozirgi kunda uch mingdan ortiq bemorning ahvoli og‘ir. 

Eslatib o‘tamiz, Turkiyada koronavirus infeksiyasi tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat keskinlashayotgani uchun Ramazon oyining dastlabki ikki haftasida karantin choralari kuchaytirilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya koronavirus

Baholaganlar

191

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing