Turkiyada 2 özbekistonlik afğonistonlik yigitni 3-qavatdan itarib yuborgani aytilmoqda
3-sahifa
−
10:32 768 2 daqiqa
Turkiyaning Istanbul şahrida ikki nafar Özbekiston fuqarosi 21 yoşli afğonistonlik yigitni kaltaklab, binoning 3-qavatidan taşlab yuborganlikda gumonlanib qölga olindi. Bu haqda “Sabah” xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, hodisa joriy yilning 26 sentyabr kuni Istanbulning Tuzla tumanida sodir bölgan. Politsiyaga bir kişi binoning 3-qavatidan yiqilgani haqida xabar kelib tuşgan. Şifoxonaga olib borilgan yigit Afğoniston fuqarosi, 21 yoşli Muhammad Ye. ekani aniqlangan.
U şifoxonada bergan körsatmasida yuqori qavatdagi qöşnilari uni kaltaklab, derazadan taşlab yuborganini aytgan.
Holat yuzasidan Istanbul Respublika prokuraturasi tergov boşlagan. Tergov doirasida Özbekiston fuqarolari, 28 yoşli Nozimjon T. va 35 yoşli Davron T. qölga olingan.
Gumonlanuvçilardan biri Nozimjon T. Muhammad bilan bir iş joyida işlaşini, hodisa kuni uni uyining yölagida yarim yalanğoç holda körganini bildirgan. Uning aytişiça, Muhammad undan nima sababdan uyida ekanini söraganida yuziga muşt tuşirgan. Şundan söng, u ham özini himoya qiliş uçun Muhammadga muşt bilan javob qaytargan.
Nozimjon T. janjaldan keyin xonadon taşqarisiga çiqib, eşikni taşqaridan uşlab turganini va Muhammadning çiqişiga yöl qöymaganini aytgan. U jiyanlariga politsiyani çaqirişni buyurgan. Keyin Muhammad özini derazadan taşlagani haqida xabar topganini bildirgan. Gumonlanuvçi uni derazadan itarmaganini ta’kidlab, aksinça, Muhammad ustidan şikoyat qilgan.
Ikkinçi gumonlanuvçi Davron T. esa janjal ovozlarini eşitib, yuqori qavatga çiqqanini aytgan. Uning sözlariga köra, Nozimjon va Muhammad janjallaşayotgan bölgan. U janjalni töxtatiş uçun Nozimjonni xonadondan olib çiqqan. Muhammad xonaga kirganidan 2–3 daqiqa ötib, şovqin eşitilgan. Ular xonaga kirganida esa yigitning yerda yotganini körgan. Davron T. ham uni derazadan taşlamaganini bildirgan.
Politsiyadagi tergov işlari yakunlangaç, ikki gumonlanuvçi sudga olib borilgan. Prokuratura ularni “qasddan odam öldirişga suiqasd” ayblovi bilan qamoqqa olişni söragan. Sud har ikki gumonlanuvçini qamoqqa oliş haqida qaror çiqargan. Hodisa yuzasidan tergov davom etmoqda.
Live
Barchasi