Vazirlik go‘sht narxi ko‘tarilishiga ta’sir qilgan asosiy omillarni sanadi

Jamiyat

image
Markaziy bank raisi kimlar go‘sht narxini sun’iy pasaytirishga urinayotganini aytdi north_east

Markaziy bank raisi kimlar go‘sht narxini sun’iy pasaytirishga urinayotganini aytdi

Oliy Majlis qonunni imi-jimida Senatga yubordi. Mahalliy tadbirkorlar sho‘riga sho‘rva to‘kilishi mumkin north_east

Oliy Majlis qonunni imi-jimida Senatga yubordi. Mahalliy tadbirkorlar sho‘riga sho‘rva to‘kilishi mumkin

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi mamlakatda inflyatsiya darajasi va uning o‘zgaruvchanligi omillari haqida ma’lumot berdi va go‘sht narxining oshishi omillariga to‘xtalib o‘tdi.

Vazirlikning sentyabr oyidagi inflyatsion dinamika tahliliga tanib ma’lum qilishicha, narxlar o‘sishining asosiy sababi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘sishining kon’yunkturasi bo‘lib, bu o‘z navbatida go‘sht va yog‘-moy mahsulotlari, non mahsulotlari va tuxum narxlarining qimmatlashishi, shuningdek, meva-sabzavot mahsulotlari narxining mavsumiy oshishi bilan izohlanadi.

Yuqorida sanab o‘tilgan mahsulot guruhlaridan, birinchi navbatda, go‘sht mahsulotlari narxlarining o‘sishi asosiy sabablari quyidagilardir:

•    yem-xashak bazasi uchun xomashyo, hususan, paxta xomashyosi, po‘stloq va yem aralashmasi zaxiralarining mavsumiy kamayishi. Bu o‘z navbatida, mazkur mahsulotlarning birja narxlarining mos ravishda 17%, 21% va 27%ga oshishiga olib keldi;

•    Qozog‘iston tomonidan eksport cheklovlari tufayli qoramol importini qisqarishi. Misol uchun 2020 yilning 8 oy natijasiga ko‘ra, mamlakatda 25 ming bosh yirik va 12,5 min bosh mayda qoramol import qilingan. 2019 yilning 8 oylik natijalariga ko‘ra, mazkur ko‘rsatkichlar mos ravishda 146 ming va 258 ming bosh qoramolni tashkil qilgan;

•    2020 yilning avgust oyi o‘rtalarida karantin cheklovlarining olib tashlanganidan so‘ng faoliyatini tiklagan ommaviy ovqatlanish korxonalarining go‘sht va go‘sht mahsulotlariga bo‘lgan talabining oshishi.

Shu bilan birga, 2020 yil yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekistonda 1840 ming tonna (tirik vaznda) go‘sht ishlab chiqarilgan (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,2 foizga ko‘proq). Bundan tashqari, 2020 yil yanvar-sentyabr oylarida 14 ming tonna mol go‘shti va 20 ming tonna tovuq go‘shti import qilingan.

Sentyabr oyida FAO indeksi bo‘yicha go‘sht narxining global kon’yunkturasi joriy yilning yanvar oyidan buyon kuzatilgan umumiy pasayish tendensiyasini davom ettirib, avgust oyiga nisbatan biroz (0,9 f.b.ga) tushib, o‘rtacha 7,4 foizga kamaydi. Yillik hisobda, indeks o‘tgan yilning mos oyidagi qiymatidan 9,5 foizga kamaydi. Shu bilan bir vaqtda, qo‘y go‘shti narxlari Avstraliyaning yuqori mavsumiy taklifi tufayli tushgan. Aksincha, parranda go‘shtining yuqori kotirovkalari xalqaro savdoning jadal sur’atlari va Braziliyadan cheklangan eksport ta’minoti bilan qo‘llab-quvvatlangan. Braziliya mahsulotlarining kotirovkalari o‘sishi Avstraliya mahsulotlarining narxining pasayishi bilan deyarli qoplanganligi sababli, qoramol go‘shti narxi barqaror bo‘lib qoldi, bu esa barcha bozorlar oldida turgan import talabida aks etdi.

“Yuqoridagi omillardan va dunyo hamda mamlakatimizdagi go‘sht narxlarining hamohang harakatidan kelib chiqib, go‘sht mahsulotlari narxining o‘sishi nafaqat tashqi omillar, balki ichki bozorlardagi tartibga solinish mexanizmlarining samarasizligi tufayli yuzaga kelgan deyish mumkin. Bu, o‘z navbatida, ishlab chiqarish darajasining kamtarona o‘sishiga qaramasdan, go‘sht mahsulotlarini yetkazib berishning yetarli darajasini ta’minlash uchun ozuqa bazasining rivojlanmaganligi bilan bog‘liq”, deyiladi vazirlik sharhida.

Ma’lumot uchun, joriy yilning sentyabr oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘sishi tezlashdi va 2,2 foiz darajasida shakllandi (2019 yilning sentyabr oyida – 1,4 foiz). Mazkur holat oylik inflyatsiya darajasining 0,92 foiz bandga o‘sishida namoyon bo‘ldi. Shunday qilib, 2020 yil boshidan buyon oziq-ovqat mahsulotlari inflyatsiyasi 7,5 foiz (2019 yilning shu davrida – 8,5 foiz) darajasida va yillik hisobda – 17,7 foiz (17,5 foiz) darajasida shakllandi.

Go‘sht mahsulotlarining narxi sentyabrda 3,8 foizga o‘sdi. Qo‘y go‘shti 5,7 foizga, mol go‘shti 5,0-5,4 foiz oralig‘ida, qiyma 4,2 foizga, kolbasa 1,8-1,9 foiz oralig‘ida, baliq va baliq konservalari o‘rtacha 0,5 foizga, parranda go‘shti va go‘sht mahsulotlari 0,3 foizga qimmatlashdi.


Maqola muallifi

Teglar

go'sht

Baholaganlar

135

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing