Tojikistonda go‘sht narxi qimmatladi
Olam
−
26 iyul
11006Tojikiston aholisining mol va qo‘y go‘shtiga ehtiyoji go‘sht narxining yuqorilashiga sabab bo‘ldi. Bu haqda respublika qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Nigora Anvariy ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, vazir o‘rinbosari shu xususida matbuot anjumani o‘tkazib, go‘sht narxi mamlakatda qimmatlagani sababini tushuntirgan.
“Hozir biz aholini 99,9 foiz go‘sht bilan ta’minlayapmiz, lekin uning narxi tushmayotganining sababi bozor talabining oshishi va xorijdan ozuqa importidir”, deydi u.
Shuningdek, vazir o‘rinbosari Tojikistonda hozirda go‘sht eksport yoki import qilinmayotganini va go‘shtli hayvonlarni ko‘paytirish, tovuq va baliq narxlarini tartibga solish zarurligini ta’kidladi.
Ma’lum qilinishicha, Dushanbening ayrim bozorlarida bir kilogramm mol go‘shti narxi 80-82 somoniydan (95-97 ming so‘m) oshadi. Qo‘y va echki go‘shti narxi 85 somoniyga (101 ming so‘m) yetdi.
Ilgari mamlakatda mol go‘shti o‘rtacha narxi 71 somoniy (84 ming so‘m), qo‘y go‘shti 75 somoniy (89 ming so‘m) bo‘lib, faqat Panjikent va Xo‘jandda 80 somoniydan (95 ming so‘m) yuqori bo‘lgan. Eng past narx Xorogda qayd etilib, 64 somoniyni (76 ming so‘m) tashkil etgan.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr