Sentyabr oyida mol go‘shti 3,1 foizga qimmatladi
Jamiyat
−
02 Oktabr
3453O‘zbekistonda 2024 yil sentyabr oyi yakunlariga ko‘ra, inflyatsiya 1,23 foiz darajasida qayd etildi. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.
Bildirilishicha, yillik inflyatsiya (2023 yil sentyabridan) deyarli o‘zgarmadi — 10,46 foiz (bir oy avval 10,47 foiz edi), yil boshidan (yanvar-sentyabr) esa narxlar o‘rtacha 6,77 foizga oshgan.
Oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘tgan oyda o‘rtacha 1,4 foizga oshgan (yillik hisobda — 2,4 foizga o‘sish). Nooziq-ovqat mahsulotlari narxi 0,8 foizga (8,4 foiz), pulli xizmatlar narxi 1,5 foizga (28,7 foiz) oshgan.
Go‘sht narxi yuqori sur’atlarda o‘sishda davom etmoqda: mol go‘shti — 3,1 foizga (avgust oyida — 5,3 foiz), qo‘y go‘shti — 2,8 foizga (avgust oyida — 4,9 foiz) qimmatlagan. Yil boshidan buyon mol go‘shti narxi 11,3 foizga, qo‘y go‘shti narxi esa 11,9 foizga oshgan.
Dori-darmonlar ham narxi yuqorilayotgan mahsulotlar qatoridan o‘rin olgan, xususan, sentyabr oyida u 1,2−1,9 foiz (yil boshidan — 24,7 foiz) oralig‘ida oshgan.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, metan gazi oyiga 0,5 foizga (yil davomida – 35,8 foizga), benzin – 0,2-2,4 foiz oralig‘ida yoki o‘rtacha 0,8 foizga (+13,8 foiz) qimmatlagan.
LiveBarchasi