Qirg‘izistondan O‘zbekistonga go‘sht kontrabandasi davom etyapti – deputat
Olam
−
16:42 767 1 daqiqa
Qirg‘izistondan O‘zbekistonga go‘sht kontrabandasi davom etmoqda. Bu haqda bugun, 22 sentyabr kuni Qirg‘iziston Jogorku Keneshining moliya, byudjet, tadbirkorlik va raqobatni rivojlantirish bo‘yicha qo‘mitasining 2025 yilgi byudjeti ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni muhokama qilish yig‘ilishida deputat Ulanbek Jeenbayev ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda go‘sht narxi tushmayapti, balki faqat ko‘tarilmoqda.
“Suv resurslari, qishloq xo‘jaligi va qayta ishlash sanoati vazirligi narxni ushlab turolmayapti. Biz Qirg‘iziston yorliqlari bo‘lgan chorva mollari O‘zbekistonda sotilayotgani aks etgan videoni ko‘rib turibmiz. Demak, kontrabanda davom etmoqda. Go‘sht narxini ushlab turish uchun choralar ko‘rish kerak”, deydi Ulanbek Jeenbayev.
Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi go‘sht narxini tartibga solish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilayotganini bildirgan va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi go‘sht narxini bir kilogramm uchun 770 som (taxminan 100 ming so‘m) miqdorida belgilaganini qo‘shimcha qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Yerbol Tasjurekov Qozog‘istondan O‘zbekistonga go‘sht eksporti hajmining yuqoriligi mamlakat ichidagi mol go‘shti narxiga ta’sir ko‘rsatayotganini aytgan edi.
Live
Barchasi