Markaziy bank raisi kimlar go‘sht narxini sun’iy pasaytirishga urinayotganini aytdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda mahalliy hokimiyat organlari bozorlarda go‘sht narxini sun’iy ravishda pasaytirishga urinyapti. Bu haqda Mamarizo Nurmurotov Markaziy bank raisi “Pul-kredit siyosatining 2021 yil va 2022-2023 yillar davriga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishi” hamda asosiy stavka bo‘yicha Boshqaruv yig‘ilishi qarori yuzasidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytib o‘tdi.

Anjumanda dam olish kunlari go‘sht va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari narxining davlat tomonidan tartibga solinishi holatlari yuz bergani aytib o‘tildi. Ammo bu holat qisqa muddatli samaradan keyin, inflyatsiyaning yanada avj olishiga sabab bo‘lishiga oldin guvoh bo‘lganmiz.

Markaziy bank raisi mazkur holatga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.

“Biz o‘zbeklarda “Sallasini olib kel desa, kallasini qo‘shib olib keladi” degan maqol bor. Bu mahalliy hokimiyat organlarining xatti-harakati. Biz bunday choralarga qarshimiz. Avvalo, Prezident bizdan ma’muriy boshqarish evaziga emas, balki talab va taklif hisobiga narxlarni barqarorlashtirishni talab qilmoqda. Biz hozirda mana shu maqsadga erishish uchun iqtisodiy faollik va inflyatsiya darajasi barqarorligini qo‘llab-qavvatlashga harakat qilyapmiz”, dedi Mamarizo Nurmurotov.


Maqola muallifi

Teglar

Mamarizo Nurmurotov

Baholaganlar

739

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing