Energiya resurslar narxi oshishini kutmagandik – Nurmurotov tariflarning inflyatsiyaga ta’siri haqida

Jamiyat

image

O‘zbekiston Markaziy banki joriy yilda mamlakatda inflyatsiya darajasi 12 foiz bo‘lishini prognoz qilganda yil o‘rtasida energiya resurslari uchun tariflarning oshirilishini inobatga olmagan. Bu haqda Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurotov ma’lum qildi.

“Biz yil oxirigacha inflyatsiya 12 foiz doirasida shakllanadi deganda tariflar ikkinchi yarim yillikda o‘zgarishini hisobga olmadik. Ya’ni biz o‘zimizning hisob-kitoblarimizda tariflar bugungi kun darajasida ma’lum bir korrektirovka bo‘lishi mumkin – hokimiyatlar va boshqalar beradigan ichki lokal tariflar bor – biroq hukumat darajasida biz tariflar yil oxirigacha o‘zgarmasa kerak, degan mulohazadan kelib chiqib, 12 foizlik inflyatsiyani belgiladik”, deydi Nurmurodov.

MB raisiga ko‘ra, may oyida gaz va elektr energiyasi uchun taklif qilingan tariflar rakursidagi dastlabki hisob-kitoblarda bu o‘zgarishning yillik inflyatsiyaga ta’siri 2-2,4 foiz atrofida taxmin qilingan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 31 may kuni Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga “Yoqilg‘i-energetika resurslarining narxlarini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi joylashtirildi. Qarorda 2022 yil 1 iyuldan O‘zbekiston bo‘ylab aholiga gaz va elektr energiyasi uchun “ijtimoiy norma” joriy qilinishi va narx oshirilishi taklif qilindi. 

Mazkur qaror loyihasi bilan 2022 yil 1 iyuldan boshlab elektr energiyasi bo‘yicha aholi uchun oyiga 250 kVt soatgacha "ijtimoiy norma" belgilanayotgan edi. Shuningdek, 1 kVt 325 so‘mga baholandi. Normadan oshiq iste’mol qilingan elektr energiyaning har 1 kVt soati uchun – 650 so‘m to‘lanishi aytildi.

Tabiiy gaz bo‘yicha o‘rnatiladigan tartib esa isitish mavsumini hisobga olib belgilanishi qayd etildi. Xususan, aholi uchun:

•    1 kub m tabiiy gaz iste’moli oyiga isitish mavsumida 700 kub metrgacha – 410 so‘m, 700 kub metrdan yuqori har 1 kub metr uchun – 1 200 so‘m;

•    isitish mavsumidan tashqari davrda 200 kub metrgacha – 410 so‘m, 200 kub metrdan yuqori har 1 kub metr uchun – 1 200 so‘mni tashkil qilishi;

•    suyultirilgan gaz esa aholi uchun – 1 600 so‘m miqdorida belgilanayotgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Mamarizo Nurmurotov

Baholaganlar

106

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing