Vazirlar Mahkamasi xodimi koronavirusga chalindi. Butun kotibiyat karantinga olindi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasidagi  kotibiyatlardan birining mudiri koronavirusga chalindi. Bu ma’lumotni QALAMPIR.UZ manbasi tasdiqladi.

Ayni vaqtda Hukumat binosi qat’iy karantinga olingan, barcha xodimlari koronavirusga tahlil topshirmoqda. Koronavirus aniqlangan kotibiyatning barcha xodimlari karantinga olingan.

Hozircha Hukumat binosida koronavirus aniqlangani bo‘yicha rasmiy xabar berilmadi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahrida so‘nggi ikki haftada aholi orasida 482 ta holatda koronavirus aniqlandi. Ularning 57 tasida virus yuqtirish manbasi aniqlanmagan.

Toshkent shahridagi “O‘rikzor”, “Yunusobod” va “Malika” savdo majmuasi faoliyati to‘xtatildi. Poytaxtda “qizil” toiafadagi mahalllar soni 42 tadan 71 taga ko‘paydi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

434

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing