Vazirlar Mahkamasi huzurida Atom energiyasi agentligi tashkil etiladi
Jamiyat
−
25 may
4580O‘zbekiston Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi negizida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi tashkil etiladi. Bu haqda kecha, 24 may kuni qabul qilingan “Yer qa’ridan foydalanish, sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi hamda atom energiyasidan foydalanish sohalarida davlat boshqaruvi va nazorati tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmonida ma’lum qilindi.
Farmonga ko‘ra:
- Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi negizida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi (Qo‘mita);
- Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi (Inspeksiya);
Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi negizida: Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi (Agentlik) tashkil etiladi.
Bunda:
- Qo‘mita atom energetikasi va yadro texnologiyalari ob’ektlarida radiatsiya va yadro xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarida sanoat xavfsizligi sohalarida yagona davlat siyosatini amalga oshirish va muvofiqlashtirish bo‘yicha vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi;
- Agentlik atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish sohasida davlat siyosatini amalga oshiruvchi respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi;
Inspeksiya yer qa’ridan foydalanish va muhofaza qilish sohasida davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiruvchi respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi.
Habib Jo‘raboyev
LiveBarchasi