Vazifasini uddalay olmagan 100 dan ortiq hokim yordamchisi ishdan olinadi

Jamiyat

image

Prezident Shavkat Mirziyoyev 16 yanvar kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida Sharof Rashidov, Pastdarg‘om, Angor tumanlari, Andijon va Termiz shaharlaridagi 123 nafar hokim yordamchisining aholini tadbirkorlikka jalb qilish ishlari qoniqarsizligini aytib, ularni almashtirish vazifasini qo‘ydi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar qildi.

O‘tgan yili 16 ta tuman va shaharda doimiy ish o‘rinlarini yaratish rejasi 70 foizga ham bajarilmagan. Prezident bandlik idoralari ish so‘rab kelgan odamlarga osongina nafaqa tayinlashga o‘tib olganini tanqid qildi.

Shuningdek, Prezident respublikadagi 319 ta mahalladagi hokim yordamchilari aholini biznesga jalb qilish, bandlikni oshirish, kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha natija ko‘rsata olmaganini qayd etgan. Jumladan, Shavkat Mirziyoyev Sharof Rashidov, Pastdarg‘om, Angor tumanlari, Andijon va Termiz shaharlaridagi 123 nafar hokim yordamchisining aholini tadbirkorlikka jalb qilish ishlari qoniqarsiz ekanini aytgan. Davlat rahbari shundan kelib chiqib, bu hokim yordamchilarini to‘liq yangilash va tajribali hokim yordamchilarini biriktirish topshirig‘ini berdi.


Maqola muallifi

Teglar

hokim yordamchisi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing