Pensiyani ko‘paytirib berish uchun pora olgan hokim yordamchisi ushlandi
3-sahifa
−
10:39 923 1 daqiqa
Xorazm viloyatining Urganch shahrida hokim yordamchisi fuqarodan pensiyasini ko‘paytirib berish evaziga 15 million so‘m olib, uning 14,9 million so‘mini qaytarib berayotgan vaqtida ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Jambul“ mahallasining tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi B.X. fuqaro Sh.Yu.ning ishonchiga kirgan.
U go‘yoki yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali Sh.Yu.ning turmush o‘rtog‘i Z.K. ga yoshga doir pensiya miqdorini ko‘paytirib berishini va’da qilgan. Evaziga 15 million so‘mni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan. B.X. 14,9 million so‘mni Sh.Yu. ga qaytarib berayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanida Savdo-sanoat palatasi bo‘limi boshlig‘i fuqaroga auksion orqali 2 gektar yer olib berishni va’da qilib, buning evaziga undan olgan 5 million so‘mni qaytarib berayotgan vaqtida ushlangan edi.
Live
Barchasi