Vashingtonda otishma yuz berdi. Jinoyatchilar to‘g‘risidagi ma’lumot uchun mukofot puli e’lon qilindi

Olam

image

Kecha, 4 sentyabr kuni AQSH poytaxti Vashingtonda otishma yuz berdi. Buning oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi. 

NBC nashrining mahalliy politsiyaga tayanib yozishicha, hodisa oqibatida yana uch kishi yaralanib, shifoxonaga yotqizilgan. 

Ma’lum qilinishicha, otishma Amerika poytaxtining shimoli-g‘arbida sodir bo‘lgan. Noma’lum shaxslardan iborat qurollangan guruh avtomobildan tushib, odamlarga qarata o‘q uza boshlagan. 

Qayd etilishicha, jinoyatchilar hali ushlanmagan, qidiruvga berilgan. Ularga oid har qanday ma’lumot uchun hatto, 75 ming dollar miqdorida mukofot puli e’lon qilingan.

Ma’lumot o‘rnida, AQSH ko‘chalarida tez-tez otishmalar bo‘lib turadi. Joriy yilning avgust oyida ham yuqoridagiga o‘xshash holat Chikago shahrida yuz bergan edi. O‘shanda bir nafar politsiya xodimi halok bo‘lgan


Maqola muallifi

Teglar

AQSh otishma Vashington

Baholaganlar

144

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing