“Valensiya” Vinisius bilan bog‘liq holat yuzasidan bayonot berdi

Sport

image

“Valensiya” “Real” bilan o‘yin vaqtida irqchilikka duch kelgan “qaymoqranglilar” hujumchisi Vinisius Junior bilan bog‘liq mojaro yuzasidan bayonot berdi.

“Ko‘rshapalaklar” o‘z bayonotida braziliyalik futbolchi bilan bo‘lgan holatni qattiq qoralashini ma’lum qildi.

“Valensiya” futboldagi barcha haqorat va hujumlarni qoralaydi. Klub hurmat va sport mahorati qadriyatlariga qat’iy sodiq va o‘yinlardagi jismoniy hamda og‘zaki zo‘ravonlikka qarshi o‘z pozitsiyasini yana bir bor ta’kidlaydi. Garchi bu alohida epizod bo‘lsada, har qanday raqib o‘yinchisini haqorat qilish futbolda o‘rinsiz va “Valensiya”ning qadriyatlariga to‘g‘ri kelmaydi. Klub hodisa yuzasidan tekshiruv olib bormoqda va aybdorlarga nisbatan eng qattiq choralar ko‘riladi. Klub bo‘lib o‘tgan voqealarni keskin qoralagan holda jamoani qo‘llab-quvvatlagani uchun 46 mingdan ortiq muxlislarga minnatdorlik bildiradi”, deyiladi “Valensiya” bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vinisius Junior “Valensiya” muxlislari uni haqorat qilgan vaqtda ko‘z yoshlarini tiya olmagani xabar qilingandi. “Mestalya” stadioniga yig‘ilgan ko‘pgina muxlislar hujumchiga “Vinisius, o‘l” deb baqirgan.


Maqola muallifi

Teglar

“Valensiya” “Real”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing