Vafotiga 40 yildan oshgan Leonid Brejnev Kiyevning faxriy fuqaroligidan mahrum qilindi
Olam
−
25 may 2023
7979Kiyev kengashi deputatlari SSSR KPSS markaziy komitetining 1964-1982 yillardagi bosh kotibi Leonid Brejnevni shaharning faxriy fuqarosi unvonidan mahrum qildi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, marhum siyosatchi ushbu unvonga sazovor bo‘lgan birinchi odam edi. Brejnev 1981 yil 9 may kuni Kiyevda 102 metrli "Rodina-mat" (Vatan monumenti) yodgorligining ochilish marosimida qatnashganidan so‘ng unga shaharning faxriy fuqarosi unvoni berilgan.
Brejnevni unvondan mahrum qilish to‘g‘risidagi qaror loyihasi mart oyida shahar kengashi veb-saytida e’lon qilingan.
Kiyev shahar kengashi qarori bilan nafaqat Brejnev, balki boshqa bir qator sovet partiya va davlat rahbarlari, shuningdek, 1980 yillarda Vetnam Kommunistik partiyasi rahbari bo‘lgan Truong Tin ham faxriy fuqaro unvonidan mahrum etilgan.
LiveBarchasi