Paxta dalasida ulğaygan özbek yoxud Raşidovni öğriga çiqargan “paxta işi”
Tahlil
−
1875 8 daqiqa
Bir davrlar paxta dalalariga çiqiş vatanparvarlik, mehnatsevarlik va el-yurtga sadoqat belgisi sifatida talqin qilingan. “Oq oltin” uçun jon kuydirganlar millat faxri, fidoyi insonlar sifatida madh etilgan. Paxta terimi tantanalar bilan uluğlangan, majburiy mehnat esa şaraf va burç sifatida ongimizga singdirilgan.
Ammo bu tarğibot ortida aççiq haqiqat yaşiringan edi. Aslida, bu yillar davomida xalq ongiga singdirilgan qaramlik va qullikning bir körinişi edi.
XIX asr. Rossiyada sanoat rivojlanmoqda, zavod-fabrikalar tobora köpaymoqda. Ayniqsa, töqimaçilik sanoati katta sur’atlar bilan ösib, paxtaga bölgan ehtiyojni keskin oşiradi. Öşa paytda Rossiya uçun eng muhim xomaşyo manbalaridan biri AQŞ edi.
Şu vaqtda Rossiyaning oldida boşqa paxta manbalarini topiş birinçi öringa çiqdi. Şunda Turkistonning issiq iqlimi, suğoriladigan yerlari Rossiyaning e’tiborini tortdi. Rossiyaning Turkistondagi dastlabki yirik paxta siyosati general-gubernator Konstantin fon Kaufman davrida kuçaydi. Amerikadan paxta navlari olib kelinib, sinovdan ötkazildi. Paxta yetiştirişni aholiga keng tatbiq qiliş uçun dehqonlarga uruğ va paxta yetiştiriş böyiça ma’lumotlar bepul tarqatildi. Ayniqsa, Amerika paxtasining Upland navi yaxşi natija berdi. Aynan şu natijadan boşlab Rossiya Turkistonni şunçaki paxta yetiştiradigan hudud emas, balki öz sanoatini xomaşyo bilan ta’minlaydigan asosiy manbaga aylantirdi.
1917 yilgi inqilobdan keyin Rossiya imperiyasi örniga Sovet hokimiyati şakllandi. Aynan Sovet davrida Turkistonning paxtaga ixtisoslaşuvi töxtamadi, aksinça, bu siyosat yanada kuçaydi. Paxta maydonlari kengaytirildi, yangi suğoriş inşootlari qurildi va davlat xöjaliklari, kolxozlar paxta yetiştirişga yönaltirildi.
Paxta hosilini maşinada terişga tayyorlaş uçun dalalarga defoliantlar sepilgan. Bu kimyoviy moddalar ğöza barglarini tökişga xizmat qilgan. Eng xatarli tomoni – kimyoviy işlov berilgan dalalarda odamlar, jumladan, bolalar ham işlaşda davom etgan. Ayrim hollarda bolalar kimyoviy moddalar solingan plastik idişlardan foydalanib, ğözalarni dorilaşga majbur bölgan.
Paxta siyosati mamlakatga faqat siyosiy va iqtisodiy muammolarni emas, ekologik oqibatlarni ham olib keldi.
Sovet Ittifoqi Markaziy Osiyodagi çöl va daştlarni ham paxta maydonlariga aylantirişga kirişdi. Paxta yetiştirişni köpaytiriş maqsadida yangi yerlar özlaştirildi, ulkan suğoriş kanallari qazildi. Buning uçun esa Amudaryo va Sirdaryo suvlarini dalalarga buriş boşlandi. Dastlab çöllar paxta maydonlariga aylantirildi, ammo buning badali Orol dengiziga tuşdi. Ikki daryodan keladigan suv kamaygani sari Orol çekina boşladi. Eng açinarlisi, bu siyosatning ekologik oqibatlari haqida ogohlantirişlar bölişiga qaramay, paxta rejasini bajariş ustuvor vazifa bölib qoldi. Natijada, xavotir bildirilgan fojia haqiqatga aylandi.
1918–1950 yillarda Özbekiston SSSRning asosiy paxta markaziga aylanib bölgan edi.
1950 yillarda taxminan 300 ming tonna bölgan paxta hosili 1980 yillarning örtalariga kelib 3 million tonnaga yetdi. Hammasi paxta hosili böyiça rekordlar ortidan boşlandi. Har bir rekorddan keyin Moskva Özbekistondan yanada köproq paxta talab qila boşladi. Ammo bunday yuqori körsatkiçlarni har yili takrorlaş tobora qiyinlaşib borardi. Şarof Raşidov ham Moskvadan paxta rejasini kamaytirişni bir neça bor söragan. Çunki u talab qilinayotgan hosilni haqiqiy mehnat bilan yiğib oliş deyarli imkonsiz bölib borayotganini tuşunardi. Şunday şaroitda ayrim rahbarlar boşqa yölni tanladi: dalada yetiştirilmagan paxtani qoğozda yetiştirilgan deb körsatiş boşlandi. Hisobotlar soxtalaştirildi, qöşib yozişlar avj oldi, poraxörlik va korrupsiya kuçaya boşladi.
1983 yilda boşlangan “Paxta işi”ning ildizlari 1970 yillarga borib taqaladi. Ya’ni SSSR Davlat xavfsizlik qömitasi – KGB raisi Andropov Özbekistondan Serpuxovga olib borilayotgan vagonlarni şubha ostiga oladi. Biroq bu tekşiruvlar Raşidov sababli bosti-bosti qilinadi.
1982 yilda Sovet Ittifoqi rahbari Leonid Brejnev vafotidan keyin uning örniga Yuriy Andropov keladi.
Andropov hokimiyatga kelganidan keyin, 1983 yilda Sovet Ittifoqi Özbekistonda “Paxta işi” nomi bilan tarixga kirgan keng kölamli tergov kampaniyasini boşlaydi. Andropovning Raşidovni yoqtirmasligi, uning Brejnev bilan yaqin munosabatda bölgani va lavozimidan çetlatiş istagi ham tergov boşlanişidagi omillardan biri sifatida körsatiladi.
Moskva mahalliy tergov organlariga işonmay, işni markazdan yuborilgan guruh qöliga topşiradi. Maxsus tergov guruhining rahbari Telman Gdlyan va uning asosiy yordamçisi, tergov guruhining yetakçi vakillaridan biri – Nikolay Ivanov Özbekistonda beş yil davomida mislsiz qatağon uyuştirdi. Ular dastlabki işni Buxorodan boşlaydi. Viloyat içki işlar boşqarmasi boşliği general Norov, uning ikki örinbosari – polkovnik Rahimov va podpolkovnik Muling, söngra generallar, polkovniklar va Içki işlar vazirligining boşqa rahbar xodimlari soxta ayblovlar bilan qamoqqa olinadi. Şundan keyin bu jarayon Özbekistonning boşqa hududlarida ham davom etadi.
Şarof Raşidov 1983 yilda tergov avj olgan paytda vafot etadi. Inomjon Usmonxöjayev birinçi kotib böladi. Şundan keyin Raşidov davridagi siyosiy tizim keskin tanqid ostiga olinadi. Uning qarindoşlari, yaqinlari va sobiq hamkorlari ham tekşiruvlar markaziga tuşadi. Raşidovning nomi qöşib yoziş, poraxörlik va mahalliyçilik ayblovlari bilan boğlanadi. Ayni damda Özbekistonda markazning siyosiy nazoratni qaytarişga urinişi, yangi rahbariyatning öz mavqeini mustahkamlaşi va haqiqiy iqtisodiy jinoyatlarni tekşiriş bir-biriga qöşilib ketadi.
1984 yil iyunda Özbekiston Kompartiyasi Markaziy Qömitasining XVI plenumi bölib ötadi. Moskvadan kelgan Yegor Ligaçyov bu yiğilişda Özbekiston rahbariyatini keskin tanqid qiladi. Yiğiliş söngida Usmonxöjayev ham Raşidovning şa’niga oğir gaplar aytadi, keyin esa Moskvadan kadrlar kerakligini aytib, yordam söraydi. Aynan şu plenumdan keyin dastlabki töntarişlar Usmonxöjayevning Ligaçyovdan söragan iltimosidan boşlanadi. 1984–1985 yillarning özida respublika partiya apparatida katta kadrlar almaşinuvi yuz beradi. Örinlarga Moskva tomonidan yuborilgan şaxslar rahbarlikka tayinlanadi.
Özbekistonda xizmat körsatgan yurist, Oliy sud raisi birinçi örinbosari, “Paxta işi”ni qayta körib çiqiş böyiça hukumat komissiyasi raisi örinbosari Abdusamad Polvonzoda “Vodiynoma” jurnalida şunday yozadi:
“Bu örinda şuni aytiş kerakki, qöşib yoziş faqat Özbekistonda emas, barça sovet respublikalarida bölgan. Davlatning özi odamlarni qöşib yozişga majburlab, söng şu davlatning özi ularni qatağon qildi”.
40 mingga yaqin odam tergov va söroqqa tortilgan. Ulardan 4 500 nafardan ortiq kişi ozodlikdan mahrum qilingan. Ayblanuvçilardan iqrorlik oliş uçun ularni ruhiy va jismoniy bosim ostida uşlaş, qörqitiş va yaqinlarini hibsga oliş bilan tahdid qiliş holatlari kuzatilgan.
Mirzamahmud Musaxonov işi böyiça uning farzandlari ham hibsga olingan. Beruniy tumani partiya qömitasi kotibi O. Rajabov işi böyiça esa 54 nafar qarindoşi, tanişlari va hatto qöşnilari tergovga tortilgan.
Tergovçilar ayrim mahbuslarning yaqinlariga pul evaziga ularni ozod qilişni va’da qiladi. “Qança köp pul olib kelsangiz, qarindoşingizni şunça tez qamoqdan çiqarib yuboramiz”, deydi. Qarindoşlar esa mahalla-köydan qarz oladi, hatto töy uçun berilgan tilla taqinçoqlarigaça yiğib, tergovçilarga olib boradi. Ammo mahbuslar ozod qilinmaydi. Aksinça, olib kelingan pul va tillalar ularga qarşi dalil sifatida işlatiladi. Yiğilgan barça pullar va tillalarning asosiy qismini Gdlyan va Ivanov bölişib oladi. Qolgan qismi esa Moskva televideniyesi orqali “özbeklar poraga olgan pullar va tillalar” deya butun SSSRga körsatiladi. Şu tariqa Özbekiston butun dunyoga poraxör va öğri sifatida taniştiriladi.
Sudlanganlarning ayrimlari uzoq muddatli jazolarga hukm qilinib, jazoni Özbekistondan taşqarida, jumladan, Sibir hududlaridagi jazoni ijro etiş muassasalarida ötagan.
Bu tarixning faqat sud hujjatlarida körinmaydigan, insonlar hayotiga ta’sir qilgan tomoni edi.
Gdlyan va Ivanov “Paxta işi”, “Özbek işi” kabi işlar ortidan yurtimizda qatağonni amalga oşirişga muvaffaq böladi.
Kamida ikki nafar mansabdor – Özbekiston paxta tozalaş sanoatining sobiq vaziri Vahobjon Usmonov va Buxoro viloyati OBXSS boşliği Ahat Muzaffarov ölim jazosiga hukm qilingan. Uç nafar amaldorga çiqarilgan ölim hukmi 20 yillik qamoq jazosiga almaştirilgan.
Nihoyat, 1989 yilda Özbekistonda “Paxta işi” böyiça sudlanganlarning işlarini qayta körib çiqiş jarayoni boşlanadi. 1990 yil iyun oyida maxsus komissiyaning yangi tarkibi şakllantirildi. Unga hukumat raisining birinçi örinbosari Ismoil Jörabekov rahbarlik qiladi. Özbekiston SSR Oliy sudi raisi vazifasini bajaruvçi Abdusamad Polvonzoda esa uning örinbosari böldi. Komissiya 40 mingga yaqin jinoiy işni sahifama-sahifa örganişga kirişdi.
Polvonzoda va komissiya a’zolari Gdlyan hamda Ivanov guruhining faoliyatiga huquqiy baho beriş, nohaq sudlanganlarni oqlaş talabini ilgari surdi.
Komissiya faoliyatiga qarşiliklar ham böldi. Hatto uni tarqatib yuboriş masalasi kötarildi. Lekin iş davom ettirildi. 1991 yilga kelib, komissiya faoliyati natijasida minglab insonlarning işlari qayta körib çiqildi. Polvonzoda imzo çekkan protestlar asosida 3 500 ga yaqin kişi nohaq sudlanganlikdan ozod qilindi va oqlaniş jarayoni davom etdi.
1991 yil 30 avgustda SSSR Boş prokurori Nikolay Trubin Gdlyan va Ivanovga qarşi işni ularning harakatlarida jinoyat alomatlari yöqligi vajidan töxtatdi. Polvonzoda va boşqa deputatlar ularni javobgarlikka tortişni talab qilgan bölsa-da, bu talab amalga oşmaydi.
Live
Barçasi