Vadim Abramov Ektor Kuperning o‘rnini egalladi

Sport

image

Toshkentning "Bunyodkor" klubini boshqarib kelayotggan Vadim Abramov O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlanadi.

O‘FA murabbiylar kengashi O‘zbekistondagi taniqli mutaxassislardan biri sanaladigan Vadim Karlenovich nomzodini ma’qulladi. Bilasiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi ushbu mutaxassis boshchiligida Qatar yashil maydonlarida o‘tgan Osiyo kubogi-2011da qit’a birinchiliklaridagi o‘zining eng yaxshi natijasini qayd etgan. Shuningdek, milliy terma jamoaning o‘sha yorqin o‘yinlari muxlislarning hali ham yodida.

Vadim Abramovga murabbiylar shtabida O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida uzoq yillar muvaffaqiyatli o‘yin ko‘rsatgan va endilikda murabbiylik sohasida ham qisqa vaqt ichida tez o‘sishga erishib, muxlislar ishonchini qozonishga ulgurgan Timur Kapadze yordam beradi. Shuningdek, o‘zbek futboli muxlislariga yaxshi tanish bo‘lgan avstraliyalik tajribali mutaxassis Mirko Yelichich futbolchilarning jismoniy tayyorgarligi bilan shug‘ullanadi.

Darvozabonlar bilan esa Denis Ivankov ishlashda davom etadi.

Ma’lumot uchun, Vadim Abramov 1962 yil 5 avgustda Ozarbayjonning Boku shahrida tug‘ilgan. U futbolda ilk qadamlarini 1970 yilda Bokudagi "Neftchi-2" klubida Eduard Grigorevich Oganesov boshchiligida boshladi. Yoshligida u Ozarbayjon SSR yoshlar jamoasida o‘ynagan. 


Maqola muallifi

Teglar

futbol Vadim Abramov

Baholaganlar

78

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing