Vetnamda o‘zbekistonlik qiz skuterdan yiqilib, vafot etdi (video)
Olam
−
31 yanvar
14080Joriy yilning 29 yanvar kuni Vetnamning Phu Quok shahrida 22 yoshli O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi. Bu haqda O‘zbekistonning Indoneziyadagi elchixonasi Vetnam Tashqi ishlar vazirligiga yo‘llagan maktubida so‘z boradi.
Qayd etilishicha, qiz haydovchilik guvohnomasisiz skuter haydagan. U boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘ldan harakatlanib kelayotgan avtobus g‘ildiraklari ostida qolib ketadi. Qiz olgan jarohatlari oqibatida vafot etgan.
Elchixona Vetnam Tashqi ishlar vazirligidan jasadni O‘zbekistonga olib kelish uchun yordam so‘ragan.
Eslatib o‘tamiz, 25 yanvar kuni taxminan soat 23:30 da Rossiyaning Leningrad viloyatining Kingisepp tumanidagi Ust-Luga qishlog‘i yaqinida joylashgan Krakole kvartalida metall konstruksiyalarni yig‘uvchi bo‘lib ishlagan 42 yoshli O‘zbekiston fuqarosi taxminan 30 metr balandlikdan qulab tushib vafot etgandi.
LiveBarchasi
Trenddagilar


