Vetnamda to‘fon sababli qariyb 600 ming kishi evakuatsiya qilinmoqda

Olam

image

Vetnam hukumati bugun, 25 avgust kuni mamlakatning bir necha viloyatiga yopirilishi kutilayotgan “Kadziki” to‘foni sababli 586 ming nafar aholini evakuatsiya qilishini e’lon qildi. Bu haqda CNBC xabar berdi.

Qayd etilishicha, “Kadziki” to‘foni joriy yilning 20 avgust kuni Filippin yaqinidagi dengizda shakllangan. U asta-sekin tezlashib, Xitoy va Vetnam tomonga harakatlanmoqda. To‘fon ichida shamol tezligi deyarli 200 km/soatga yetgan. Kutilishicha, “Kadziki” 25 avgust kuni Vetnam sohiliga yetib kelib, 300-400 mm yog‘ingarchilikka sabab bo‘ladi. Bu esa suv toshqinlari va ko‘chkilar xavfini yuzaga keltiradi. Kuchli shamol sabab sohil yaqinidagi to‘lqinlar balandligi 2-4 metrgacha ko‘tarilishi mumkin.

Mintaqadagi qariyb 60 mingta kichik kema va qayiq xavf-xatar haqida ogohlantirilgan. Vetnamning eng yirik aviakompaniyasi Vietnam Airlines va Vietjet Aviation mamlakatning markaziy shaharlariga qaratilgan o‘nlab reyslarni bekor qilgan. Mutaxassislarning hisob-kitobiga ko‘ra, “Kadziki” 300 ming gektar guruch maydonlari va 77 mingta mevali daraxt plantatsiyalariga zarar yetkazishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy shimolidagi Ichki Mo‘g‘uliston muxtor tumani hududida tog‘ daryolarining kutilmagan toshqini oqibatida 10 kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

V'etnam Kadziki to'foni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing