O‘zJOKUda xodimlar rektorga salom bermagan talabani kaltakladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti 4-bosqich talabasi muassasa xodimlari (ikki nafar) tomonidan kaltaklangani haqida xabarlar tarqaldi. Mushtlashuvga talaba universitet rektori Sherzod Qudratxo‘jaga salom bermagani sabab bo‘lgani aytilmoqda.

O‘zJOKU ma’muriyati ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalgan xabarga munosabat bildirib, holat bo‘yicha ichki surishtiruvlar boshlagani va masala barcha tarafdan to‘liq o‘rganilayotganini ma’lum qildi.

“Shuni alohida ta’kidlash kerakki, universitet tashkil etilganidan buyon bu kabi holatlar O‘zJOKUda kuzatilmagan va universitet jamoasi, ayniqsa, rektori tomonidan talabalarga nisbatan har qanday salbiy munosabat doim qoralanadi.

Biz universitet jamoasi bilan yuqoridagi kabi vaziyatlarga qarshi ekanimizni bildirib, holat bo‘yicha yaqin soatlarda aniq ma’lumotlar berilishini ma’lum qilamiz”, deyiladi OTM ma’muriyati xabarida.

O‘zJOKU rektori Sherzod Qudratxo‘ja universitet talabalarining ijtimoiy tarmoqdagi guruhiga audio yo‘llab, unda bo‘lgan voqeadan bexabarligini aytib o‘tgan.

“Talaba murojaatidan ham xabarim yo‘q. Bu narsani men ko‘rmadim. Kuni bo‘yi yotoqxona qidirib Toshkent shahar hokimi va vazir bilan birga edim. Bu holat bo‘yicha surishtiruv olib boraman. Albatta, bu ishni qilganlar, nohaq harakat qilganlar jazolanadi. Talabaning salom berish-bermasligi bu ixtiyoriy, o‘ziga, tarbiyasiga bog‘liq. Lekin buni deb kimnidir urishish, kimnidir kaltaklash umuman mumkin emas. Shuning uchun men u bolaga o‘zimga chiqishini taklif qilaman.

Hech kim “otchisleniye” bo‘lmaydi, hech kimga hech qanaqa chora ko‘rilmaydi. Buni men rektor sifatida sizlarga aytaman, kimdir orqamdan aytgan bo‘lsa, ular bekorning beshtasini yebdi. Tushunarlimi? Hech qanaqa vahima, hech qanaqa o‘rinli qanaqadir joylar yo‘q. Sog‘-salomat bo‘ling, o‘sha yigit o‘zimga kelib uchrashishini so‘rayman. Meni umuman xabarim yo‘q. Iltimos, shu ovozlini kim qayerdan ketgan bo‘lsa, o‘sha manbaga berishlaringizni so‘rayman”, degan rektor.


Maqola muallifi

Teglar

O'zJOKU

Baholaganlar

672

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing