Eski va yangi bino orasidagi chok – O‘zJOKU binosida yoriq paydo bo‘ldi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti binosining darz ketgani haqida videolavha tarqaldi. Videoda universitet binosining uchinchi qavatdan birinchi qavatgacha bo‘lgan qismining burchagida bo‘linish holati yuzaga kelgani aks etgan. 

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, holat nazorat inspeksiyasi xodimlari tomonidan o‘rganilmoqda

Shuningdek, universitet matbuot xizmati munosabat bildirib, binoda yoriq hosil bo‘lishining sababini ma’lum qildi

“Yoriq eski va yangi bino orasidagi chok bo‘lib, universitet binosidagi ta’mirlash ishlari vaqtida qurilish uskunalarining ishlatilishi natijasida yuzaga kelgan. Quruvchilar tilida bu issiq va sovuq ta’sirida doimiy harakatda bo‘luvchi ikki bino orasidagi chokdir. Mutaxassislar tilida bu “Temperaturniy shov” deyiladi. Bu holatning binoning cho‘kishiga aloqasi yo‘q. Chunki eski va yangi binolarning poydevori ham bir-biridan alohida”, deyiladi xabarda.

Keltirilishicha, bino devoridagi yoriqning kelib chiqishi va xavf darajasini tegishli tartibda o‘rganish maqsadida mutaxassislar jalb qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zJOKU

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing