ÖzJOKUda dissertatsiya himoyasi uçun pora talab qilindimi?
O‘zbekiston
−
11:40 332 2 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti ilmiy seminardan ötiş uçun tadqiqotçilardan pora va turli sovğalar talab qilinayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Uşbu xabarlar yuzasidan universitet munosabat bildirdi.
Qayd etilişiça, dissertatsiya işlarini ilmiy seminar muhokamasiga kiritiş va körib çiqiş jarayonlari Oliy attestatsiya komissiyasi talablari asosida amalga oşiriladi. Har bir tadqiqot işi dastlab kafedrada muhokama qilinadi. Ijobiy xulosa olgan işlar ilmiy seminarga kiritiladi. Unda tadqiqotçining ma’ruzasi, savol-javoblar, taqrizçilar xulosalari va avtoreferat körib çiqiladi. Yakuniy qaror seminar a’zolarining oçiq ovozi bilan qabul qilinadi.
Universitet ma’lumotlariga köra, joriy yilning boşidan buyon 34 nafar tadqiqotçining dissertatsiya işi ilmiy seminar muhokamasidan ötkazilgan. Joriy yilning sentyabr–noyabr oylarida esa beşta iş aniqlangan ilmiy va texnik kamçiliklarni bartaraf etiş uçun qayta işlaşga qaytarilgan.
Şuningdek, universitetda ilmiy seminar iştirokçilari uçun dasturxon yoziş, issiq ovqat taşkil etiş va sovğalar taqdim qiliş amaliyoti rektorning 2023 yilning 16 avgustdagi buyruği bilan taqiqlangani bildirilgan.
Universitet matbuot xizmati pora yoki sovğa talab qilingani haqida aniq ma’lumot va dalillarga ega şaxslarni universitet rahbariyatiga murojaat qilişga çaqirgan. Bunday murojaatlar belgilangan tartibda xolis örganilişi ta’kidlangan.
Oliygoh dissertatsiya işlariga qöyiladigan talablar ilm-fan sifati, akademik halollik va ilmiy darajalar nufuzini ta’minlaşga xizmat qilişini bildirgan.
Live
Barchasi