“O‘zsuvta’minot”ga yangi rahbar tayinlandi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Dilshod Sur’atovich Azimov “O‘zsuvta’minot” AJ Boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda aksiyadorlik jamiyati Matbuot xizmati xabar berdi.

Keltirilishicha, u bu lavozimga kecha, 13 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining qaroriga ko‘ra tayinlangan. Dilshod Azimov bunga qadar Uy-joy va kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligida faoliyat olib borgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 11 iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev investitsiyalarni jalb qilish va ularni o‘zlashtirishda sustkashlikka yo‘l qo‘ygani uchun “O‘zsuvta’minot” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi Sohib Saifnazarovni ishdan olgandi.

Bundan tashqari, shu kuni Suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Baxtiyor Kamolov, Transport vaziri  o‘rinbosari Abdusamat Mo‘minov, “O‘zbekiston temir yo‘llari” raisi lavozimida ishlab kelayotgan Xusniddin Xosilov va Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi Abdurahmon Abduvaliyev lavozimidan ozod etilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zsuvta'minot Dilshod Azimov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing