Jizzaxda “O‘zsuvta’minot” xodimlari kaltaklandi (video)
3-sahifa
−
08 iyul
8544Ijtimoiy tarmoqlarda “Jizzax suv ta’minoti” AJ xodimlari tadbirkor va uning qo‘l ostida ishlovchi ishchilari tomonidan kaltaklangani haqida xabarlar tarqaldi. Holatga aniqlik kiritish maqsadida QALAMPIR.UZ “O‘zsuvta’minot” AJ Axborot xizmati rahbari Akmal Murodov bilan bog‘landi.
Murodovning bizga ma’lum qilishicha, “Jizzax suv ta’minoti” AJ tomonidan tuzilgan ishchi guruhi Do‘stlik tumanida reyd tadbirini o‘tkazish chog‘ida tumandagi “Forish” xususiy choyxonasining ikkita filialida ham tadbirkor tomonidan suvdan nooqilona foydalanayotganligi aniqlangan.
Bildirilishicha, choyxonaning birinchi filialida tadbirkor amaldagi qonunchilik talablarini mensimasdan, onlayn hisoblash uskunasi hamda nazorat va davlat standarti muhrini o‘rnatmay, qonunga xilof ravishda ichimlik suvidan foydalanib kelgan. Shunday holat bo‘yicha tadbirkor bundan avval ham ogohlantirilgan va aksiyadorlik jamiyatiga yetkazilgan zararni to‘lash haqida tegishli hujjat rasmiylashtirishda ikki xodimni urib tan jarohati yetkazgan.
Xususiy choyxonaning ikkinchi filialida ham tadbirkor hisoblash uskunasiga nazorat tamg‘asini o‘rnatmasdan, suvdan nooqilona foydalanib kelgan.
Aniqlangan holat bo‘yicha yetkazilgan zararni hisoblash va dalolatnoma rasmiylashtirishda tadbirkor suv ta’minoti xodimlariga faol qarshilik ko‘rsatib, janjal ko‘targan. Bundan tashqari, choyxona hududida xizmat vazifasini o‘tayotgan xodimlarni tadbirkor o‘z ishchilari bilan birga kaltaklagan. Shu bilan birga, tashqarida turgan ishchi guruh a’zolarini ham ommaviy tarzda do‘pposlashgan.
Ayni paytda xodimlar shifoxonaga yotqizilgan, holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Toshkent viloyatida 26 yoshli yigit chaqiruv bo‘yicha kelgan tez tibbiy yordam shifokorini kaltaklagandi.
LiveBarchasi