Farg‘onada choyxona va korxona 682 mln so‘mlik gazni o‘g‘irladi
3-sahifa
−
18:15 450 1 daqiqa
Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq ikki holat aniqlandi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Quvasoy shahrida Bosh prokuratura shtabi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida “Q. F. K.” MCHJga qarashli korxona gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 481 million so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Shuningdek, Farg‘ona tumanidagi fuqaro Y.B. ga tegishli choyxonada ham tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati qayd etilgan. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur holatda 201 million so‘mlik zarar yetkazilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatida 797 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan novvoyxona aniqlangandi.
Live
Barchasi