Farg‘onada novvoyxona qariyb 800 mln so‘mlik gazni o‘mardi

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyatida 797 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan novvoyxona aniqlandi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xabar berdi.

Bosh prokuratura shtabi tomonidan Farg‘ona viloyatining Dang‘ara tumanida o‘tkazilgan nazorat tadbirida fuqaro I.I.ga qarashli novvoyxona shartnomasiz, o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgani ma’lum bo‘lgan.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida gaz ta’minoti korxonasiga 797 million so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzaxda 3,3 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing