Gulistondagi choyxonada yong‘in bo‘ldi. Jabrlanganlar bor (video) 

3-sahifa

image

Sirdaryo viloyatining Guliston shahridagi choyxonada yong‘in chiqdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, holat bugun, 2 dekabr kuni “Taraqqiyot” MFYda sodir bo‘lgan. Soat 10:49 da ovqatlanish shoxobchasining oshxonasida yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida FVBga xabar kelib tushgan.

Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.

Sirdaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasining ma’lum qilishicha, hodisa oqibatida tan jarohati olgan fuqarolarga zarur tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida ular Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Sirdaryo viloyat filialiga yetkazilgan. Vafot etganlar yo‘q.

“Sog‘liqni saqlash boshqarmasi ushbu bemorlar holatini o‘z nazoratiga olgan. Mazkur hodisa yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berib boriladi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijonda ko‘p qavatli uyda yong‘in chiqqandi.


Maqola muallifi

Teglar

Guliston choyxona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing