“O‘zsuvta’minot” o‘quvchilar suvdan zaharlanganini rad etib chiqdi
Jamiyat
−
23 Sentabr
2156Avvalroq, Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida joylashgan ixtisoslashtirilgan Buxoro maktabida o‘quvchilar suvdan zaharlangani haqida xabar berilgandi. Maktab o‘quvchilarining sog‘lig‘i ijobiy bo‘lib, ularning 7 nafariga uyida davolanishga javob berilgandi.
Maktabdan olingan 4 ta ichimlik suvi namunalari xulosasiga ko‘ra, ichimlik suvi belgilangan me’yor talablariga javob beradi. Bu haqda “O‘zsuvta’minot” AJ matbuot kotibi Akmal Murodov ma’lum qildi.
Shuningdek, aholidan ichimlik suvi sifati bo‘yicha ma’lumot olinganda, ularda e’tiroz hamda ichimlik suvi sababli sog‘lig‘ida shikoyat yo‘qligi aytilgan. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining Toshkent viloyati boshqarmasi Olmaliq shahar bo‘limi tomonidan 20 sentyabrda Buxoro ixtisoslashtirilgan maktabidan olingan ichimlik suvi namunalari xulosasiga ko‘ra, ichimlik suvi belgilangan me’yor talablariga to‘g‘ri keladi.
Ma’lumot uchun, o‘quvchilar maktab hududidagi filtrlanmagan suvdan iste’mol qilishi oqibatida sog‘lig‘idan shikoyat qilib, joriy yilning 15 sentyabrdan 19 sentyabrga qadar 12 nafar o‘quvchi o‘tkir ichak kasalligiga gumon qilinib, yuqumli kasalliklar bo‘limiga murojaat qilgan. Bolalar ombudsmaniga ko‘ra, hozirda maktab o‘quvchilarining sog‘lig‘i ijobiy holatda.
Hozirda holat yuzasidan Olmaliq tuman prokuraturasi, Bolalar ombudsmani, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan qo‘shimcha tekshiruv olib borilmoqda.
LiveBarchasi