Surxondaryoda quvurga tushgan “O‘zsuvta’minot”ning uch xodimi hushidan ketdi (video)
Jamiyat
−
05 Oktabr
15558Kecha, 4 oktyabr kuni Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanida “Surxondaryo suv ta’minoti” AJ xodimlari oqova suv qudug‘ini tozalash jarayonida havo yetishmovchiligi sababli hushidan ketdi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, suv ta’minoti bo‘limida faoliyat olib borayotgan uch nafar texnik xodim Qumqo‘rg‘on tumani “Do‘stlik” mahallasida joylashgan oqova suv qudug‘ini tozalash jarayonida hushidan ketgan. Voqea joyiga Qumqo‘rg‘on tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi va tuman tez tibbiy yordam guruhi zudlik bilan yetib kelgan. Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida xodimlar mas’ul tashkilotlar hamda jamoatchilik vakillari yordamida quduqdan chiqarilib, birinchi yordam ko‘rsatish uchun tuman tez tibbiy yordam bo‘limiga yetkazilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ularning hayoti saqlab qolingan bo‘lib, hozirda shifokorlar nazoratida tibbiy muolajalar olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Jizzax suv ta’minoti” AJ xodimlari tadbirkor va uning qo‘l ostida ishlovchi ishchilari tomonidan kaltaklangandi. Choyxonaning birinchi filialida tadbirkor amaldagi qonunchilik talablarini mensimasdan, onlayn hisoblash uskunasi hamda nazorat va davlat standarti muhrini o‘rnatmay, qonunga xilof ravishda ichimlik suvidan foydalanib kelgan. Shunday holat bo‘yicha tadbirkor bundan avval ham ogohlantirilgan va aksiyadorlik jamiyatiga yetkazilgan zararni to‘lash haqida tegishli hujjat rasmiylashtirishda ikki xodimni urib tan jarohati yetkazgan. Xususiy choyxonaning ikkinchi filialida ham tadbirkor hisoblash uskunasiga nazorat tamg‘asini o‘rnatmasdan, suvdan nooqilona foydalanib kelgan.
LiveBarchasi